Logo

Uraldagi vatandosh yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Dekabr 24, 2025. 09:00 • 48 soniya

161
Uraldagi vatandosh yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Uraldagi vatandosh yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

YEKATERINBURG, 24-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi diplomatlari Uraldagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bosh konsulxona diplomatlari konsullik okrugiga kiruvchi hududlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan va oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarimiz bilan doimiy ravishda uchrashib, muammo va qiyinchliklarga duch kelgan vatandoshlarga moddiy va gumanitar yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Jumladan, Uraldagi oliy taʼlim muassasalarining birida tahsil olayotgan talaba-yoshlarimiz bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ularning aksariyati moddiy tanqislik sababli darslarni qoldirgani va buning oqibatida taʼlim dargohidan chetlatilgani maʼlum qilingan. Bunday muammolarning oldini olish va o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yotoqxonada istiqomat qilib kelayotgan yoshlarimizga gumanitar yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari belgilangan.

Vatandosh yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Uralda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan vatandoshlar bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Tadbirkor vatandoshlar yordamida Ural davlat tibbiyot universitetining yotoqxonalarida istiqomat qilib kelayotgan 30 nafardan ortiq talabalarimizga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish