O‘zbek futbolining tarixi va bugungi rivoji Polsha OAV nigohida

Iyun 26, 2026. 12:00 • 2 daq

46

VARSHAVA, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. Polshaning “Skarb Kibica” sport jurnalida O‘zbekiston futbolining tarixi va bugungi rivoji haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrning taʼkidlashicha, milliy futbol rivojida Toshkentning “Paxtakor” klubi muhim o‘rin tutgan. Shu bilan birga, jurnal 1979-yilda klub jamoasi halok bo‘lgan fojiali aviahalokatni o‘zbek sporti tarixidagi eng og‘ir sahifalardan biri sifatida eslatib o‘tgan.

Mualliflar bugungi kunda o‘zbek futboli jadal rivojlanish bosqichini boshdan kechirayotganini ham qayd etishgan. Nashrda milliy terma jamoaning o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqqani, yoshlar va o‘smirlar jamoalarining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli ishtiroki hamda yangi avlod futbolchilarining yuqori darajadagi tayyorgarligi alohida taʼkidlangan.

Jurnalning baholashicha, milliy, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarining yutuqlari O‘zbekistonda futbol izchil rivojlanayotganidan dalolat berib, xalqaro maydonda yangi g‘alabalar uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish