O‘zbekiston va Polsha kasbiy taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Avgust 25, 2026. 10:00 • 55 soniya

92
O‘zbekiston va Polsha kasbiy taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

VARSHAVA, 25-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan mamlakatimizning Kasbiy taʼlim agentligi va Polshaning “Techni Schools” taʼlim muassasasi asoschisi Mateush Kozlovski hamda direktori Artur Chishevskiy ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqotda texnikumlar faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro sertifikatlash, taʼlim jarayonida axborot texnologiyalari va sunʼiy intellektdan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Techni Schools” rahbari O‘zbekistondagi texnikum va kollejlar bilan hamkorlikda pilot loyihalarni ishga tushirish hamda natijalaridan kelib chiqib, hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida “Techni Schools”ning ilg‘or tajribasini O‘zbekiston kasbiy taʼlim tizimiga joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish