“Target” jurnali: Iyul oyining o‘zida O‘zbekistonga qariyb 1,2 million nafar xorijiy sayyoh kelgan
Avgust 24, 2026. 21:30 • 58 soniya
• 25
PEKIN, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Target” turizm jurnalida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda qayd etilishicha, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 7,7 milliondan ziyod xorijiy fuqaro tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 million nafarga yoki 22,6 foizga ko‘pdir.
Jumladan, iyul oyining o‘zida mamlakatimizga qariyb 1,2 million nafar xorijiy sayyoh kelgan. Yilning birinchi yarmida esa turistik oqim 6,5 million nafardan oshib, 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 25 foizga o‘sgan.
“Target” O‘zbekistonga xorijiy sayyohlar oqimining barqaror o‘sib borayotgani mamlakatning mintaqadagi jozibador turistik yo‘nalish sifatidagi mavqei tobora mustahkamlanayotganidan dalolat berishini ta’kidlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi