O‘zbekiston elchisi Vengriya Bosh vaziri maʼmuriyati rahbari bilan muloqot o‘tkazdi
Fevral 12, 2026. 09:31 • 34 soniya
• 23
BUDAPESHT, 12-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyash bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari yuzasidan muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tomonlar O‘zbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri o‘rtasidagi ishonchli va do‘stona munosabatlar yuksak darajada ekanini qayd etib, hamkorlik strategik ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Siyosiy muloqotni rivojlantirish, iqtisodiy va savdo hamkorligini mustahkamlash, ijtimoiy va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish borasida fikr-mulohaza almashildi.
Uchrashuv davomida tomonlar oliy darajadagi muntazam muloqotlarni davom ettirish hamda xalqaro va mintaqaviy formatlarda o‘zaro manfaatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
