Tailandda qayiq halokati oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatildi
Yanvar 13, 2026. 18:39 • 41 soniya
• 111
TOSHKENT, 13-yanvar. /“Dunyo” AA/. 11-yanvar kuni Tailandning Pxuket oroli yaqinida mamlakatimiz fuqarolari bo‘lgan sayyohlik kateri halokatga uchradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV matbuot kotibi Ahror Burxonovning telegram-kanalida yozilishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda katerda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlangan fuqarolar to‘liq sog‘aygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan.
Maʼlum qilinishicha, jabrlanganlarning barcha tibbiy va boshqa zarur xarajatlari katerga egalik qiluvchi kompaniyaning sug‘urta mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilgan.
O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi voqea sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab mahalliy huquq-tartibot idoralari va sog‘liqni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur konsullik ko‘magi va vaziyatni nazorat qilishni taʼminladi.
Vaziyat O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi