Logo

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Tojikiston elchisi bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

Yanvar 13, 2026. 14:19 • 24 soniya

81
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Tojikiston elchisi bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

TOSHKENT, 13-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov bugun Tojikiston elchisi Nasredin Ismatullo bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati hamda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar jadvalini muhokama qildilar.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish