O‘zbekiston tadbirkorlari Daniyada o‘tkazilgan xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Noyabr 28, 2026. 11:00 • 2 daq

• 50
O‘zbekiston tadbirkorlari Daniyada o‘tkazilgan xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etdi
O‘zbekiston tadbirkorlari Daniyada o‘tkazilgan xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etdi
O‘zbekiston tadbirkorlari Daniyada o‘tkazilgan xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etdi

XERNING, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tadbirkorlari Daniyaning Xerning shahrida 24–27-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “AGROMEK – 2026” xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Stokgolmdagi elchixonamiz diplomatlari tashabbusi bilan Daniya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat kengashi (DAFC) hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalarida faoliyat yurituvchi “Xojakent” hamda “Innovaconstruction” korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya qatnashdi.

Ta’kidlash joizki, Daniya agrosanoat sohasida global muvaffaqiyatlarga erishgan yetakchi davlatlardan biridir. Yer maydonining kichikligiga qaramasdan, Daniya fermerlari va oziq-ovqat kompaniyalari o‘z mahsulotlarining qariyb to‘rtdan uch qismini eksport qiladi hamda uzoq yillar davomida bu borada jahon standartlarini belgilab kelmoqda. Chorvachilik sohasini modernizatsiya va isloh qilayotgan O‘zbekiston uchun ushbu Skandinaviya mamlakati istiqbolli sherikka aylanib bormoqda.

530 ta kompaniyani birlashtirgan “AGROMEK” ko‘rgazmasi doirasida tadbirkorlarimiz Daniya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat kengashi, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi hamda sohaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan muloqotlar o‘tkazib, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, “Viking Livestock” va “VikingGenetics” kompaniyalari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida zamonaviy chorvachilik va naslchilikni rivojlantirish, genom seleksiyasi, chorva mollari mahsuldorligini oshirish hamda ilg‘or boshqaruv usullarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Calvex” va “ColoQuick” kompaniyalarining chorvachilikdagi texnologik yechimlari, veterinariya va reproduktiv texnologiyalar, biologik materiallarni saqlash va tashish sohasidagi imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirildi.

Ko‘rgazma dasturidan energiya tejamkor muhandislik tizimlari, isitish, ventilyatsiya va suv yordamida sovitish texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi, sanoat va qurilish obyektlarida qo‘llash masalalari ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, “RedNordic” kompaniyasi bilan O‘zbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish