O‘zbekiston va Braziliya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
Noyabr 27, 2026. 20:48 • 2 daq
• 3
TOSHKENT, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston va Braziliya tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov hamda Mauro Viyeyra telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Braziliya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri janob Mauro Viyeyra bilan telefon orqali samimiy va mazmunli muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi siyosiy muloqotini faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.
Joriy yil may oyida Braziliya tashqi ishlar vaziri tashrifi doirasida ishbilarmon doiralar va biznes vakillari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati natijalarini mamnuniyat bilan qayd etdik. Braziliya kompaniyalari bilan o‘rnatilgan aloqalarni mustahkamlash va ularni aniq qo‘shma loyihalar bilan boyitish muhimligini ta’kidladik.
Shuningdek, BRIKS, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik istiqbollari, ikki va ko‘p tomonlama platformalarda bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashdik”.
"Dunyo" AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi