Saida Mirziyoyeva: Har bir sayyoh yurtimizga ishonch, xonadonlarimizga fayz-baraka degani

Noyabr 27, 2026. 20:28 • 51 soniya

• 63
Saida Mirziyoyeva: Har bir sayyoh yurtimizga ishonch, xonadonlarimizga fayz-baraka degani

TOSHKENT, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun “2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili”ning ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“O‘zbekiston tashabbusi asosidagi “2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili”ning Toshkentda o‘tkazilgan ochilish marosimida qatnashdim, – deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Al Novays va xorijiy delegatsiyalarga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tabrigini yetkazdim.

Biz mehmonlarni yaxshi ko‘ramiz. Har bir sayyoh yurtimizga ishonch, xonadonlarimizga fayz-baraka degani.

O‘zbekistonga xush kelibsiz!”

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish