O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Amman shahriga keldi
Noyabr 23, 2026. 22:00 • 50 soniya
• 6
TOSHKЕNT, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan bugun Iordaniyaga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat havo hududida O‘zbekiston Prezidentining samolyotiga Iordaniya Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.
Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va uning rafiqasini Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, shahzoda G‘oziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib oldilar.
Oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakchilar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi