Logo

O‘zbekiston Prezidenti “Blackrock” kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Yanvar 22, 2026. 20:00 • 33 soniya

126
O‘zbekiston Prezidenti “Blackrock” kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

TOSHKENT, 19-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davos shahriga amaliy tashrifi doirasida bugun “Blackrock” kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ushbu yetakchi kompaniya bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

“Blackrock” kompaniyasining mamlakatimizdagi ustuvor loyihalarda ishtirok etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi bir qator korxonalar kapitaliga kirish, qo‘shma investitsiya mexanizmlarini ishlab chiqish va mamlakat investitsiya muhitini yaxshilash uchun xalqaro ekspertizani jalb qilish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish