Ukraina OAV: 2025-yilda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 2,4 foizga oshgan
Yanvar 23, 2026. 12:30 • 2 daq
• 38
KIYEV, 23-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2025-yilda O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 2024-yilga nisbatan 2,4 foizga oshib, 42,3 milliard kub metrni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Ukrainaning “Fixygen” axborot portaliga tayanib.
Shu bilan birga, neft qazib olish 8,1 foizga – 655,7 ming tonnagacha kamaydi. Ko‘rsatkichlarning pasayishi avtomobil benzini ishlab chiqarishda ham qayd etildi. Uning hajmi 6,3 foizga kamayib, 1,2 million tonnani tashkil etdi.
Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energetika majmuasining boshqa bir qator yo‘nalishlari o‘sishni namoyish etdi. O‘tgan yili O‘zbekistonda 8,9 million tonna ko‘mir ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 8,5 foizga ko‘pdir. Dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 18,6 foizga oshib, 1,16 million tonnani tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi eng yirik neft-gaz kompaniyasi – “O‘zbekneftgaz” AJning rejalari bilan tanishib, tabiiy gaz zaxiralarini ko‘paytirish va qazib olish hajmini oshirish vazifasini qo‘ygan edi.
“O‘zbekneftgaz” AJ 50 dan ortiq korxonalarni, shu jumladan 13 ta qo‘shma va 10 ta uglevodorod qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi asosiy kompaniyalarni birlashtirgan ko‘p darajali vertikal integratsiyalashgan tuzilma hisoblanadi. Kompaniya rejalariga ko‘ra, 2026-yilda gaz ishlab chiqarish hajmi kamida 25,4 milliard kub metrni tashkil etishi kerak”, deya yozilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
