O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi
Dekabr 18, 2025. 10:20 • 28 soniya
• 186
TOSHKENT, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan bugun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, Tokioda bir qator oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston – Yaponiya strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi