O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg shahri bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

Iyul 24, 2026. 19:15 • 52 soniya

28
O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg shahri bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Aleksandr Beglov O‘zbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan ikki tomonlama amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Yo‘l xaritasi” asosida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga qaratilgan qo‘shma choralar ko‘rishga alohida eʼtibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish