Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan tabrikladi

Iyul 24, 2026. 19:20 • 52 soniya

25
Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan tabrikladi

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev mamlakatimiz yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga chin dildan mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik tilaklarini izhor etdi.

O‘zbekiston – Qozog‘iston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga ko‘tarilgani hamda barcha ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p qirrali hamkorlik jadal surʼatlarda rivojlanayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish