O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

Iyul 24, 2026. 18:10 • 2 daq

58
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida Rossiya yetakchisi O‘zbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqining farovonligi yo‘lidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Rossiya har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish surʼatlarini saqlab qolish, ustuvor yo‘nalishlarda yetakchi korxona va kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar almashinuv faol davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish