O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi
Noyabr 04, 2026. 19:48 • 55 soniya
• 37
TOSHKЕNT, 4-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Iordaniya Podshohi Abdulla II taklifiga binoan 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti sun’iy intellekt sohasida xavfsizlikni ta’minlash, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda ishlatilishiga qarshi kurashish, yangi texnologik xatar hamda tahdidlarga javob qaytarishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.
Aqaba jarayoni 2015-yilda Podshoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbus bo‘lib, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda xavfsizlikni ta’minlash sohasida tajriba almashish va qo‘shma sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi