O‘zbekiston Prezidenti Vyetnam ko‘p tarmoqli investitsiya guruhi asoschisini qabul qildi
Sentabr 11, 2026. 14:20 • 1 daq
• 47
TOSHKENT, 11-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Vyetnamning “ROX Group” kompaniyasi asoschisi An Tuan Channi qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“ROX Group” 1996-yilda tashkil etilgan Vyetnamdagi yetakchi ko‘p tarmoqli investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ko‘chmas mulk, energetika, bank ishi, mehmonxona biznesi va xizmat ko‘rsatish sohalarida yirik loyihalarni amalga oshiradi.
O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalishlar sifatida zamonaviy shahar va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energetika, geologiya, moliya va turizm sohalari belgilandi.
Uchrashuv yakunida kompaniya ishtirokidagi joriy va yangi loyihalarni amalga oshirishni “yo‘l xaritasi” asosida jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi