Moskvada “Art-Karavan: madaniyatlar muloqoti” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Sentabr 11, 2026. 15:00 • 2 daq

91

MOSKVA, 11-sentabr. /“Dunyo” AA/. Moskva shahri ko‘rgazma zallari birlashmasining “Vixino” galereyasida 3–30-sentabr kunlari o‘zbek va rus rassomlarining “Art-Karavan: madaniyatlar muloqoti” nomli xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu loyiha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy aloqalar, anʼana va zamonaviylik, shuningdek, ijodkorlar va sanʼatsevarlar o‘rtasidagi badiiy muloqotni namoyish etishga qaratilgan.

Ko‘rgazma konsepsiyasida “Karavan” obrazi bejiz tanlanmagan. Qadimda karvonlar nafaqat tovarlarni, balki bilim, g‘oyalar va badiiy obrazlarni ham manzildan-manzilga yetkazgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ezgu missiyani rassomlar davom ettirmoqdalar. Musavvirlarning asarlarida rus plener maktabi anʼanalari va Sharqning betakror koloriti, oliy darajadagi modernizm hamda sharqona miniatyura merosining uyg‘unligi alohida ajralib turadi.

O‘zbek va rus rassomlarining qo‘shma plenerlari, uchrashuvlari va hamkorlikdagi ijodiy jarayonlari sanʼatning yangi ranglarini kashf etishga xizmat qilmoqda. Taʼkidlanganidek, O‘zbekistonning betakror quyoshi, meʼmorchiligi, qadimiy shaharlari va muhiti ijodkorlar uchun boy ilhom manbaiga aylangan.

Mazkur ko‘rgazma shunchaki suratlar to‘plami emas, balki Samarqand va Moskva, sharqona sheʼriyat va zamonaviy sanʼat tili tutashgan vaqt va makon bo‘ylab sayohatdir. Ushbu loyiha madaniyatlar o‘z noyobligini saqlagan holda bir-birini boyitishi va yangi maʼnolar yaratishi mumkinligini namoyish etadi.

Tadbirda Tatyana Babushkina, Rustam Bazarov, Ibragim Valixodjayev, Viktor Gluxov, Marina Kabish, Irina Kovalenko, Olga Kojemyakina, Maksim Litov, Anatoliy Lyubavin, Darya Mironenko, Robert Nizamov, Natalya Petrova, Alla Polkovnichenko, Yelena Postnova, Dilorom Raximova, Xurshed Xalilov, Abdulmukadim Xalimov va Viktoriya Xarchenko kabi taniqli o‘zbek va rus musavvirlarining ijodiy ishlari taqdim etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish