Abu-Dabida BAAning taʼlim sohasidagi xalqaro tajribasi va raqamli yechimlarini O‘zbekistonda qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi

Sentabr 11, 2026. 16:00 • 57 soniya

67
Abu-Dabida BAAning taʼlim sohasidagi xalqaro tajribasi va raqamli yechimlarini O‘zbekistonda qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi

ABU-DABI, 11-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shadiyev BAAning “The Digital School” tashkiloti bosh kotibi Valid Al-Ali bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqotda O‘zbekistonning olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarida sifatli taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy taʼlim platformalari va raqamli kontentni joriy etish hamda pedagoglarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Alohida eʼtibor “The Digital School” tashkilotining xalqaro tajribasi va raqamli yechimlarini O‘zbekistonda qo‘llashga qaratildi. Tashkilot dasturlari bugungi kunda dunyoning 39 ta mamlakatida amalga oshirilmoqda va 850 mingdan ortiq o‘quvchilarni qamrab olgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekistonda raqamli taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha muloqotni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish