O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining yangi tayinlangan bosh kotibini qabul qildi
Noyabr 11, 2026. 14:10 • 1 daq
• 13
TOSHKЕNT, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga amaliy tashrif doirasida bugun Turkiy davlatlar tashkilotining yangi tayinlangan bosh kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida joriy yil 11-noyabrdan o‘z lavozimiga kirishayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi oldida turgan ustuvor vazifalar, O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan TDT sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori tashkiliy saviyada va mazmunli o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Mirvohid Azimovni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi sifatidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar va samarali natijalar tiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi