Sankt-Peterburgda milliy kurash bo‘yicha ko‘rgazmali turnir bo‘lib o‘tdi

Noyabr 11, 2026. 12:00 • 1 daq

• 88

SANKT-PЕTЕRBURG, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburgda milliy kurash bo‘yicha ko‘rgazmali turnir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yengil atletika akademiyasida o‘tkazilgan mazkur tadbir O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Rossiya kurash federatsiyasining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati kengashi raisi Ravshanbek Qurbonov hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqada 50 dan ortiq kishi, jumladan, professional sportchilar, murabbiylar, talabalar va yakkakurash ishqibozlari ishtirok etdi. Xalqaro kurash instituti hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasining uslubiy va moddiy ko‘magida ishtirokchilar an’anaviy sport libosi – yaxtak bilan ta’minlandi.

Mehmonlar va ishtirokchilar turnirning yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etib, bunday tadbirlarda muntazam qatnashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Musobaqa davomida sportchilarni tizimli tayyorlash va milliy sport turini mintaqada yanada ommalashtirish maqsadida Bosh konsulxona tomonidan Sankt-Peterburgda ixtisoslashtirilgan kurash seksiyasini ochish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish