O‘zbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasi ishtirokchilari bilan uchrashdi
Yanvar 26, 2026. 17:14 • 53 soniya
• 114
TOSHKENT, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati va tashkilot Bosh assambleyasi ishtirokchilarini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida Osiyo Olimpiya kengashining yangi saylangan prezidenti Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekistonga xalqaro sport harakatining ishonchli hamkori sifatida yuksak ishonch bildirilib, tashkilot assambleyasini Toshkentda o‘tkazishga qaror qilingani uchun minnatdorlik izhor etdi.
Sportni rivojlantirish “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangani taʼkidlandi.
O‘zbekiston xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va amaliy natijalarga erishishga qaratilgan qo‘shma dastur hamda tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorligi qayd etildi.
Tadbir yakunida Prezidentimiz sportni rivojlantirish va sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori, Butunjahon suv sporti federatsiyasi prezidenti Husayn al-Musallamga O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
