Andijon viloyati hokimi turkiyalik tadbirkorlar ishtirokidagi biznes-forumda qatnashdi
Yanvar 26, 2026. 17:48 • 32 soniya
• 96
ISTANBUL, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. Istanbul shahrida turkiyalik ishbilarmonlar ishtirokida o‘tkazilgan biznes-forumda Andijon viloyati hokimi ham qatnashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
120 nafardan ziyod turkiyalik ishbilarmonlar ishtirok etgan biznes-forumda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abduraxmonov so‘zga chiqib, yurtimizda, xususan, Andijon viloyatida tadbirkorlar va investorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Mazkur forum O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.
Forum doirasida Andijon viloyatining sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mebelsozlik hamda logistika sohalaridagi investitsiyaviy salohiyati namoyish etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
