Logo

O‘zbekiston diplomati “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati Kotibiyati bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

Yanvar 24, 2026. 09:02 • 33 soniya

760
O‘zbekiston diplomati “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati Kotibiyati bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

SIAN, 24-yanvar. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Sian shahrida O‘zbekiston diplomati Nurali Irzayev “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati Kotibiyati bosh kotibi o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

U shu kunga qadar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nurali Irzayev Navoiy shahrida tug‘ilgan, 43 yoshda. 2005-yilda Toshkent davlat universitetini “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan.

2005-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, vazirlik markaziy apparatida va Pekindagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatida turli lavozimlarda ishlagan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish