O‘zbekiston Prezidenti Seulda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi
Sentabr 15, 2026. 09:35 • 2 daq
• 30
TOSHKENT, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida bugun Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston – Janubiy Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini ilgari surishda ikki mamlakat parlamentlari muhim o‘rin tutayotgani taʼkidlandi.
Parlamentlararo “do‘stlik guruhlari” faol ish olib bormoqda, parlament delegatsiyalarining muntazam tashriflari amalga oshirilmoqda, qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo‘mitalari o‘rtasida samarali tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Milliy Assambleya va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magida O‘zbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasida “Elektron parlament” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Oliy darajada erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan parlament monitoringini taʼminlash maqsadida o‘zaro hamkorlik mexanizmini yaratish zarurligi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida 2027-yilda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi munosabati bilan “parlament diplomatiyasi” yo‘nalishida bir qator tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi