Oliy darajadagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi

Sentabr 14, 2026. 17:15 • 1 daq

84
Oliy darajadagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi

TOSHKENT, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. Seul shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, to‘plamdan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan shartnoma va bitimlar o‘rin oldi.

Bular – transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, sun’iy intellekt, texnik ko‘mak, oliy, maktab va maktabgacha ta’lim, tibbiy mahsulotlarni tartibga solish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, intellektual mulkni himoya qilish, arxiv ishi va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish