Sietl markaziy kutubxonasi fondi o‘zbek adabiyoti bilan boyitildi

Sentabr 15, 2026. 09:30 • 2 daq

29
Sietl markaziy kutubxonasi fondi o‘zbek adabiyoti bilan boyitildi
Sietl markaziy kutubxonasi fondi o‘zbek adabiyoti bilan boyitildi
Sietl markaziy kutubxonasi fondi o‘zbek adabiyoti bilan boyitildi

SIETL, 15-sentyabr. /“Dunyo” AA/. “Seattle Public Library” fondiga o‘zbek adabiyoti, tarixi va milliy madaniyatini aks ettiruvchi o‘nta kitob topshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu tashabbus mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan amalga oshirildi. Kutubxona rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda uzoq muddatli madaniy-ma’rifiy hamkorlik hamda yurtimiz haqida hamda va o‘zbek tilidagi adabiyotlar ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kutubxonaga Abdulla Qodiriy, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, O‘tkir Hoshimov va Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlari, shuningdek, Amir Temur va mamlakatimizning milliy qadriyatlariga bag‘ishlangan nashrlar topshirildi.

Kutubxona rahbariyati o‘zbek adabiyotiga katta qiziqish bildirib, kelgusida fondni zamonaviy badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop va bolalar nashrlari bilan boyitib borishga tayyorligini ma’lum qildi.

Tomonlar, 40 ga yaqin til taqdim etilgan Sietl markaziy kutubxonasining tillar xilma-xilligi qatoriga o‘zbekcha so‘z yoki iboralarni qo‘shish, O‘zbekiston kutubxonalari bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kitoblar va elektron resurslar almashinuvini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Kelgusida Sietlda O‘zbek adabiyoti haftaligi, kitob ko‘rgazmalari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni birgalikda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish