Seulda O‘zbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Sentabr 14, 2026. 15:35 • 57 soniya

96
Seulda O‘zbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 14-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi va rafiqasini Prezident Li Chje Myon va rafiqasi qarshi oldilar.

Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Shundan so‘ng davlatimiz rahbari “Chong Va De” saroyining Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Birgalikda rasmga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish