Rossiyaning Vladimir va Nijniy Novgorod viloyatlarida mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Sentabr 26, 2026. 15:30 • 2 daq

• 49
Rossiyaning Vladimir va Nijniy Novgorod viloyatlarida mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Rossiyaning Vladimir va Nijniy Novgorod viloyatlarida mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Rossiyaning Vladimir va Nijniy Novgorod viloyatlarida mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

MOSKVA, 26-sentabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Oybek Odilov boshchiligidagi delegatsiya Vladimir va Nijniy Novgorod viloyatlariga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xizmat safari doirasida agentlik vakillari «Abi Prodakt» AJ, «Ladushka» Vladimir tikuvchilik fabrikasi» MCHJ, «Sladkaya Jizn» kompaniyasi, «Monotek Stroy» qurilish tashkiloti hamda hamyurtlarimiz mehnat qilayotgan qator xizmat ko‘rsatish obyektlariga tashrif buyurdi.

Uchrashuvlar davomida vatandoshlarning mehnat va yashash sharoitlari, mehnat shartnomalarini tuzish, ish haqini o‘z vaqtida to‘lash va migratsiya qonunchiligiga rioya etish masalalari o‘rganildi. Shaxsiy xavfsizlik choralari va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish algoritmini tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi.

Safar yakunlari bo‘yicha vatandoshlardan 24 ta murojaat qabul qilindi. 4 nafar fuqaroga vatanga qaytish uchun aviachipta xarid qilishda ko‘maklashildi. 20 nafar yurtdoshga bir martalik moddiy yordam ajratildi, yana 46 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish