O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi hamyurtimizning Vatanga qaytishiga ko‘maklashdi

Sentabr 25, 2026. 14:30 • 57 soniya

• 174
O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi hamyurtimizning Vatanga qaytishiga ko‘maklashdi

OLMAOTA, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘istonga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelib, og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan hamyurtimiz G.T.ning Vatanga xavfsiz qaytishi ta’minlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yurtdoshimizning murojaati va yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda, diplomatlar uning noqonuniy ravishda olib qo‘yilgan O‘zbekiston fuqarosi pasportini o‘ziga qaytarib olishiga yordam berdi. Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Olmaota – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilindi.

Bundan tashqari, Qozog‘istonning vakolatli huquqni muhofaza qilish va migratsiya organlari bilan hamkorlikda G.T.ning belgilangan tartibda mamlakat hududidan qonuniy chiqib ketishi ta’minlandi.

Bosh konsulxona xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish