Roza Said: Investorlar O‘zbekistonni imkoniyatlar mamlakati sifatida tobora ko‘proq e’tirof etmoqda

Iyun 18, 2026. 15:30 • 2 daq

23
Roza Said: Investorlar O‘zbekistonni imkoniyatlar mamlakati sifatida tobora ko‘proq e’tirof etmoqda

TOSHKЕNT, 18-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashayotgan “London Post” xalqaro nashri bosh muharriri Roza Said “Dunyo” AA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi:

– Toshkent xalqaro investitsiya forumida yana bir bor ishtirok etish men uchun katta sharaf va ajoyib imkoniyatdir. Men ushbu tadbirga uchinchi marotaba tashrif buyurmoqdaman va har bir tashrifimda O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlarning ko‘lamiga yanada ko‘proq amin bo‘lmoqdaman. Har gal bu yerga kelganimda, men mamlakatdagi real o‘zgarishlar va izchil taraqqiyotning guvohi bo‘layapman.

O‘zbekiston rahbariyatining aholi turmush sifatini oshirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda xalqaro standartlarga mos xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan strategik qarashlari alohida e’tiborga sazovordir. Bu iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘z aksini topayotgan oldinga tashlangan jiddiy qadamdir.

Forumning o‘zi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, uning ahamiyati mintaqa doirasidan ancha keng, zero, u butun dunyo davlatlari, biznes va investorlar o‘rtasidagi muloqot uchun samarali xalqaro maydonga aylanib bormoqda. Forum yildan-yilga xalqaro miqyosdagi eng muhim investitsiyaviy tadbirlardan biri sifatidagi o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.

O‘zbekiston ulkan salohiyatga ega va barqaror iqtisodiy o‘sishni namoyon etmoqda. Bugungi kunda savdo, sanoat va muhandislikdan tortib, ta’lim, ko‘chmas mulk va zamonaviy texnologiyalargacha bo‘lgan deyarli barcha sohalarda sarmoya kiritish imkoniyatlari ochilmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining forumdagi nutqi mamlakat taraqqiyotining ijobiy sur’atini yana bir bor tasdiqladi. Taqdim etilgan ko‘rsatkichlar xalqaro hamjamiyat va ishbilarmon doiralarning O‘zbekistonga ishonchli hamkor hamda istiqbolli sarmoyaviy yo‘nalish sifatidagi ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Investorlar O‘zbekistonni nafaqat loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, balki kiritilgan sarmoyadan uzoq muddatli daromad olish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar mamlakati sifatida tobora ko‘proq e’tirof etmoqda. 

Rivojlanishning hozirgi sur’atlari va amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini inobatga olib, O‘zbekiston kelajakda Markaziy Osiyoning yetakchi iqtisodiy markazlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlashda davom etishiga ishonchim komil. Men bu jarayonni katta qiziqish va nekbinlik bilan kuzatmoqdaman hamda uning bir qismi bo‘lishga umid qilaman.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish