TIVda O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Iyun 18, 2026. 13:00 • 2 daq

98
TIVda O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKЕNT, 18-iyun. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov V Toshkent Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Ruminiyaning sobiq tashqi ishlar va transport vaziri, shuningdek, O‘zbekistonning shu mamlakatdagi faxriy konsuli Ramona Menesku hamda Ruminiya elchisi Daniyel Chobanu bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, innovatsiyalar, farmatsevtika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Shuningdek o'qing

Shuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratilib, Konstansa portining tranzit va logistika salohiyatidan samarali foydalanish, O‘zbekiston va Ruminiya hududlarida logistika markazlari (xablar) hamda qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish