“Rossiyskaya gazeta”: Toshkentning yangi Zamonaviy sanʼat markazi ochildi
Sentabr 14, 2026. 14:30 • 2 daq
• 57
MOSKVA, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. “Rossiyskaya gazeta” nashrida Toshkent shahrida yaqinda ochilgan Zamonaviy sanʼat markazi haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Toshkent qanday qilib butun dunyo ko‘z oldida zamonaviy sanʼat markaziga aylanmoqda” sarlavhali ushbu maqola yangi markaz meʼmorchiligi va uning O‘zbekistonda zamonaviy sanʼatni rivojlantirishdagi o‘rniga bag‘ishlangan.
Maqolada ushbu majmuaning o‘ziga xosligi eʼtirof etilgan. Binoning uchinchi qavatida maydonchalar va bog‘larga ega jamoat hovlilari ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular muloqot va uchrashuvlar uchun qulay makon yaratadi.
Markazning turli mamlakatlar rassomlarini birlashtirgan “Hikmat” nomli ilk ko‘rgazmasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Taqdim etilgan asarlar orasida Nari Uord, Tariq Kisvanson va Kimsuji kabi ijodkorlarning loyihalari o‘rin olgan.
Maqolada markaz rassomlar va sozandalar uchun ustaxona hamda studiyalarni o‘z ichiga olgan art-rezidensiyaga aylanishi taʼkidlangan.
Mualliflar parallel ravishda o‘tkazilayotgan loyihalar, jumladan, dizayner Mohamed Benshallalning ko‘rgazmasiga ham eʼtibor qaratgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi