Rigadagi xalqaro ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” mahsulotlari namoyish qilindi

Sentabr 14, 2026. 12:30 • 2 daq

120
Rigadagi xalqaro ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” mahsulotlari namoyish qilindi
Rigadagi xalqaro ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” mahsulotlari namoyish qilindi
Rigadagi xalqaro ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” mahsulotlari namoyish qilindi

RIGA, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. Latviya poytaxtida bo‘lib o‘tgan “Riga Food” xalqaro ko‘rgazmasida yurtimiz ishlab chiqaruvchilari “Made in Uzbekistan” stendi bilan ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Riga shahridagi elchixonasi ko‘magida namoyish etilgan stenddan O‘zbekistonda tayyorlangan sarxil va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, qandolat mahsulotlari hamda alkogolsiz ichimliklar o‘rin oldi. Ko‘rgazmada mahsulotlar turining kengaytirilgani tashrif buyuruvchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston kompaniyalari vakillari Boltiqbo‘yi mamlakatlarining yirik savdo tarmoqlari, importyorlari va distribyutorlari bilan muzokaralar o‘tkazib, bozor talablari, yetkazib berish shartlari, sertifikatlashtirish, logistika hamda savdo tarmoqlariga kirish masalalarini muhokama qildi.

Xorijiy kompaniyalar vakillari o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanini bildirib, Latviya va mintaqaning boshqa mamlakatlarida O‘zbekiston mahsulotlarining tanilishi ortib, ularga bo‘lgan talab oshayotganini qayd etdi.

Ko‘rgazma yakunida potensial importyorlar va distribyutorlar bilan aloqalarni davom ettirish, O‘zbekiston mahsulotlarini Latviyaga eksport qilish va ularni Boltiqbo‘yi mamlakatlari bozorlarida yanada ilgari surish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish