Sabine Maxl: O‘zbekiston BMTning muhim aʼzosi va mamlakat tashabbuslarini doim qo‘llab-quvvatlaymiz
Avgust 29, 2026. 11:30 • 2 daq
• 110
TOSHKENT, 29-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etgan BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Maxl “Dunyo” AA orqali O‘zbekiston xalqini mustaqillik shodiyonasi bilan qutladi:
– Yangi Toshkent markazida tashkil etilgan bayramda ishtirok etib, O‘zbekistonda ulkan islohotlar amalga oshirilayotganiga yana bir karra amin bo‘ldim.
Xususan, taʼlim tizimidagi o‘zgarishlar, xotin-qizlar va yoshlarning haq-huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi saʼy-harakatlar eʼtirofga loyiq. Haqiqatdan, yoshlar kelajak bunyodkorlaridir.
Tashkilotimiz ushbu jarayonda iqlim o‘zgarishi, tinchlik va xavfsizlik kabi masalalarda O‘zbekiston tashabbuslarini doim qo‘llab-quvvatlaydi va bundan faxrlanadi.
So‘nggi uch yil ichida O‘zbekistonning iqtisodiyotni rivojlantirish va kuchli fuqarolik jamiyati qurishga bo‘lgan intilishlariga guvoh bo‘ldim. Shu bilan birga, BMT bilan munosabatlar rivojlantirilib, hamkorlik mustahkamlanmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti BMT bilan hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan yettita tashabbusni qayd etdi. Bu barchamiz uchun juda muhim. O‘zbekiston BMTning muhim aʼzosi va biz mamlakatning ilg‘or taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Tashkilotimiz nomidan butun O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan chin ko‘ngildan tabriklayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi