Toshkentda “Samarali va kuchli ijtimoiy siyosatni shakllantirishda parlamentlarning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi

Avgust 18, 2026. 11:00 • 50 soniya

75
Toshkentda “Samarali va kuchli ijtimoiy siyosatni shakllantirishda parlamentlarning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi
Toshkentda “Samarali va kuchli ijtimoiy siyosatni shakllantirishda parlamentlarning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi

TOSHKENT, 18-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Samarali va kuchli ijtimoiy siyosatni shakllantirishda parlamentlarning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir Tashqi ishlar vazirligining Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi (TSTM) hamda JIDU huzuridagi Xalqaro istiqbolli tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2026-yil 24-iyul kuni qabul qilingan “Ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyani amaliy jihatdan tatbiq etish masalalariga bag‘ishlanadi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish