Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressda nutq so‘zladi

Sentabr 28, 2026. 15:30 • 2 daq

• 30

ABU-DABI, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressda qatnashib, nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“BMT Bosh Assambleyasidan so‘ng ishimizni Abu-Dabida – Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressda davom ettirdik, – deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Ushbu nufuzli anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan 5 mingga yaqin vakil ishtirok etmoqda.

Barchamizdan umumiy yechimni taqozo etayotgan masalalarni: transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, shuningdek, bolalar himoyasi hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash choralarini muhokama qildik.

Kongress doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan uchrashganimdan xursand bo‘ldim. Biz BMTning ushbu tuzilmasi bilan faol hamkorlik qilib, qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqdamiz.

Mazkur kongress O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Barcha ishtirokchi davlatlar navbatdagi kongressni mamlakatimizda o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va bu yakuniy deklaratsiyada o‘z tasdig‘ini topdi. Buni O‘zbekistonga nisbatan xalqaro miqyosdagi yuksak ishonch ramzi deb bilaman. Bu – bizning ochiqligimizga, muloqotga doim tayyorligimizga hamda umumiy maqsadlar yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtira olishimizga bildirilgan ishonchdir.

Oldinda besh yillik tayyorgarlik davri turibdi. 2031-yilda mamlakatimiz butun dunyodan keladigan delegatlarga mezbonlik qiladi”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish