Baxtiyor Saidov: O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda

Noyabr 19, 2026. 17:00 • 2 daq

• 31
Baxtiyor Saidov: O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda

TOSHKЕNT, 19-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri, shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud Hazrati Oliylari bilan telefon orqali samimiy muloqot qildik, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida ishonch va do‘stlikka asoslangan munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik. Mamlakatlarimizning taraqqiyot va farovonlikka bo‘lgan umumiy intilishlari hamkorligimizga mustahkam zamin yaratmoqda.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, bo‘lajak tashriflar va qo‘shma tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdik.

Shuningdek, mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashib, mavjud keskinlikni diplomatik vositalar orqali bartaraf etish va tomonlar o‘rtasidagi muloqotni davom ettirish zarurligini ta’kidladik.

Ko‘p qirrali sherikligimizni yanada mustahkamlash va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitish borasidagi qat’iy intilishimizni ta’kidladik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish