O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Kanada elchisi bilan uchrashdi
Noyabr 18, 2026. 22:30 • 54 soniya
• 64
TOSHKЕNT, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bugun Kanada elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida tomonlar Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning ayni paytdagi holatini muhokama qildi. Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan muntazam muloqotni davom ettirishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv Toshkent va Ottava o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishga tomonlarning o‘zaro intilishini yana bir bor tasdiqladi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi