O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Germaniya TIV delegatsiyasi bilan uchrashdi

Noyabr 19, 2026. 16:00 • 54 soniya

• 161
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Germaniya TIV delegatsiyasi bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 19-noyabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madraximov kecha Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi departamenti bosh direktori Frank Xartmann bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarning bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish bo‘yicha birgalikda choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

2027-yilda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish yuzasidan yaqin hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish