Logo

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Belarus elchisi Afg‘oniston yo‘nalishidagi amaliy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

Aprel 28, 2026. 17:02 • 58 soniya

82
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Belarus elchisi Afg‘oniston yo‘nalishidagi amaliy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 28-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bugun Belarus elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida afg‘on yo‘nalishida amaliy hamkorlik istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston-Belarus ikki tomonlama kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash va Afg‘oniston yo‘nalishidagi konstruktiv muloqotni davom ettirishga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 14-iyun kuni O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Maksim Rijenkov birgalikda O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi va “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasiga tashrif buyurgan edi.

“Dunyo” AAolgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish