O‘zbekiston taniqli shoirasi Kolumbiyadagi xalqaro adabiyot festivalida ishtirok etadi
Iyun 17, 2026. 11:30 • 2 daq
• 2MЕDЕLIN, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Xosiyat Rustamova Kolumbiyaning Medelin shahrida bo‘lib o‘tadigan 36-Xalqaro adabiyot festivalida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbek shoirasining chiqishi festivalning muhim qismlaridan birida bo‘lib, bu o‘zbek zamonaviy she’riyatini xalqaro auditoriyaga tanitishda muhim voqeaga aylanadi.
Ushbu nufuzli forumdagi ishtirok O‘zbekiston va Lotin Amerikasi mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kengaytirish, milliy adabiyotimizni jahon miqyosida ommalashtirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Ayni shu pallada jahon hamjamiyatining O‘zbekistonga bo‘lgan e’tibori sport sohasida ham namoyon bo‘ladi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirokini boshlab, Kolumbiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu omillarning barchasi mamlakatimizning xalqaro maydonda sportdan tortib madaniyatgacha bo‘lgan turli yo‘nalishlardagi ishtiroki tobora kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Sport musobaqalarida ham, adabiy forumlarda ham O‘zbekiston vakillari milliy madaniyat va qadriyatlar targ‘ibotchisi sifatida maydonga chiqib, yurtimizning global muloqotga ochiqligini namoyish etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


