Hindistonda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi
Sentabr 27, 2026. 10:00 • 2 daq
• 83DEHLI,27-sentabr. /"Dunyo" AA/. Hindiston poytaxtida O‘zbekiston-mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Bayram tadbirida Hindistonning davlat, diplomatik, ishbilarmon va jamoat doiralarining 350 dan ortiq vakili hamda vatandoshlar ishtirok etdi.
Hindiston Tashqi ishlar vazirligining Sharq bo‘yicha kotibi Rudrendra Tandon, Lok Sabxa deputati va «Hindiston–O‘zbekiston» parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari Ganesh Singx hamda boshqa rasmiylar mamlakatimiz-mustaqilligining-35-yilligi munosabati bilan ishtirokchilarni samimiy qutladi.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyoti, jumladan, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ta’lim va sog‘liqni saqlashga sarmoya kiritish, yangi sanoat tarmoqlarini yaratish va iqtisodiyotni jahon bozoriga integratsiyalash borasidagi ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
U so‘nggi o‘n yil davomida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ta’kidladi. Iqtisodiyotni ochish, xususiy sektorni mustahkamlash, investitsiya muhitini yaxshilash va davlat institutlarini modernizatsiya qilish asosiy yo‘nalishlar sifatida e’tirof etildi.
Tadbirda O‘zbekiston va Hindiston munosabatlariga alohida e’tibor qaratildi. 2011-yilda mamlakatlar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatgan bo‘lsa, 2026-yilda ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik darajasiga olib chiqdi.
Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 29–30-avgust kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi haqida fikr bildirildi.
Muzokaralar chog‘ida ikki davlat rahbarlari savdo va investitsiyalar, muhim minerallar, mudofaa va xavfsizlik, innovatsiyalar va startaplar, raqamli infratuzilma, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, turizm va kosmos sohalarini muhokama qildi.
Tomonlar 2030-yilga borib o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish maqsadida biznes-sammit o‘tkazishga kelishib olindi.
Rudrendra Tandon ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik sivilizatsiyaviy va gumanitar aloqalarni qayd etdi. U O‘zbekistonda yogaga qiziqish ortib borayotganini ta’kidlab, Hindiston Bosh vaziri O‘zbekiston yoga federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etganini esladi.
Hindiston O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasini ekologik tiklash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun
1 million dollar miqdorida grant ajratgani ta’kidlandi.
Mehmonlarga O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan «Business Central Asia» jurnalining maxsus soni taqdim etildi.
Tadbir milliy musiqa va raqs jamoalarining chiqishlari bilan yakunlandi. Mehmonlar «Uzbekistan Airways» va «Centrum Air» aviakompaniyalari tomonidan keltirilgan palov, o‘zbek oshxonasining boshqa taomlari hamda ho‘l va quruq mevalardan tatib ko‘rishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



