Logo

Germaniyaning Gamburg shahrida mamlakatimiz turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

Dekabr 26, 2025. 08:15 • 2 daq

208

 GAMBURG, 26-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Germaniyaning Gamburg shahrida yurtimiz sayyohlik salohiyati, imkoniyatlari va yangi turizm yo‘nalishlarini namoyish etishga qaratilgan “O‘zbekiston  Ipak yo‘li durdonasi!” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Gamburg savdo-sanoat palatasi vakillari, yetakchi turkompaniya va turoperatorlar, mamlakatimizga borish istagida bo‘lgan keng jamoatchilik vakillari, universitet va madaniy muassasalar xodimlari hamda vatandoshlar ishtirok etdi.

Dasturga ko‘ra, qatnashchilarga dastlab elchixona vakillari tomonidan mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ularning natijalari, sohani rivojlantirishda erishilayotgan yutuqlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Yurtimizning jozibador va jadal rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishi sifatida xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotgani qayd etildi. Xususan, 2023-yilda 121 ta davlatni qamrab olgan “Safety Perception Index 2023” reytingida O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingida 1-o‘rinni egalladi. Joriy yil BMTning Butunjahon turizm tashkiloti tomonidan yanvarsentyabr oylarida xorijiy sayyohlarni jalb qilishda eng yuqori surʼatlarda o‘sgan dunyoning TOP-7 mamlakati qatoriga kiritildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan siyosatchi, Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi, “CVJM zu Hamburg e.V” jamiyati vakili Hanifa Soylu 2026-yilda O‘zbekiston va Gamburg o‘rtasida iqtisodiyot, taʼlim, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

Bundan tashqari, “New Sil Road GmbH” turkompaniyasi rahbari Izabelle Xansen kompaniya tomonidan tashkil etiladigan Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlar orqali “Auto-Ralley” avtomashinalarda sayohatda O‘zbekiston o‘zining boy madaniy, tarixiy merosi, sanʼati bilan o‘ziga xos o‘rin egallashini eʼtirof etdi. Yurtimizning mehmondo‘st va bag‘rikeng insonlari va betakror gastronomik imkoniyatlari haqidagi o‘z taassurotlarini gapirdi.

Tadbirning faxriy mehmoni, “RITM-X” musiqa guruhi rahbari, turkolog Ute Shilling o‘z musiqiy jamoasi bilan joriy yil Toshkent, Buxoro, Samarqand shaharlari qilgan sayohati haqida so‘zladi. U Buxoro Biyennaliyesidagi ishtiroki hamda mahalliy sanʼatkorlar bilan birgalikdagi konsert dasturlari haqida aytib berdi.

Ute Shilling va Xurshid Dadaboyevning doira ijrosidagi musiqiy chiqishi, yurtimizning Germaniyadagi turizm brendi elchisi Gerhard Birkl tomonidan ishlangan “O‘zbekistonga xush kelibsiz!” nomli hujjatli film namoyishi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish