Logo

“Sueddeutsche Zeitung” gazetasi: O‘zbekiston insoniyat tarixida ulug‘vorlik va aql-zakovat tamadduni porlagan mamlakat

Yanvar 13, 2026. 09:30 • 59 soniya

89
“Sueddeutsche Zeitung” gazetasi: O‘zbekiston insoniyat tarixida ulug‘vorlik va aql-zakovat tamadduni porlagan mamlakat

FRANKFURT-MAYN, 13 yanvar. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning “Sueddeutsche Zeitung” ommabop gazetasida O‘zbekistonning tarixiy shaharlari va bu yerdagi turizm yo‘nalishlariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilganidek, bu zamindagi tarixiy shaharlar ­- Samarqand, Buxoro, Xivani aylanib, moviy gumbazli masjidlar, nafis madrasalar va gavjum bozorlarni ko‘rasiz.

O‘zbekiston insoniyat tarixida ulug‘vorlik va aql-zakovat tamadduni porlagan mamlakatdir. Bir paytlar afsonaviy Ipak yo‘lining chorrahasi bo‘lgan bu joy o‘tgan asrlardagi savdo va intellektual almashinuvni bugungi kungacha saqlanib qolgan yorqin madaniy o‘ziga xoslikni namoyish etadi.

Bu diyorga sayohat sizni Markaziy Osiyoning meʼmorchiligi va muhiti -tasavvuf, ilm-fan va hunarmandchilik ruhi bilan yo‘g‘rilgan buyuk shahar-vohalar bo‘ylab olib boradi. Buyuk sarkarda Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ siymolarning moddiy-maʼnaviy meroslari hech bir kishini befarq qoldirmaydi.

Sayohat davomida siz nafaqat YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan diqqatga sazovor joylarni ko‘rasiz, balki O‘zbekistonning ko‘p asrlik rasadxonalaridan tortib, anʼanaviy qog‘oz ishlab chiqarishgacha bo‘lgan madaniy merosi bilan ham tanishasiz.

Qulay joylashuv, poyezdda va cho‘l bo‘ylab go‘zal sayohatlar, bayramona palov yoki klassik musiqa jo‘rligidagi zamonaviy kechki ovqat kabi pazandachilik tanlovlari bu sayohatni unutilmas madaniy kashfiyotga aylantiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish