Logo

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqotda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar

Yanvar 12, 2026. 17:42 • 35 soniya

66
O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqotda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 12-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari - Baxtiyor Saidov va Hoqon Fidan o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Suhbatimiz ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning turli sohalarini qamrab oldi, - deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. - Bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik, strategik sherikligini mustahkamlash, mintaqaviy va global mavzularni muhokama qildik.

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari mamlakatlarimiz o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash uchun yaqindan hamkorlikni davom ettiradi”.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish