TXIF doirasidagi tennis turniri xalqaro investorlar va biznes vakillarini birlashtirdi
Iyun 15, 2026. 21:30 • 2 daq
• 41TOSHKENT, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston tennis federatsiyasi hamkorligida tennis bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tgan ushbu sport tadbiri Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi. Turnir xalqaro investitsiya hamjamiyati, xorijiy kompaniyalar va mahalliy biznes vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar orasida “Acwa”, “Rothschild & Co”, “BlackRock”, “International Hospitals Group” kabi kompaniyalar hamda O‘zbekistonning yetakchi tashkilotlari vakillari bor edi.
Dasturning asosiy voqealaridan biri O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan “Acwa” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Generations United” (Avlodlar birlashuvi) ijtimoiy tashabbusining taqdimoti bo‘ldi. Loyiha avlodlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, murabbiylik madaniyatini rivojlantirish va sport orqali sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan.
Tashkilotchilar Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi bunday tadbirlarning o‘tkazilishi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



