Jakartadan munosabat: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning asosiy sarmoyaviy markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlamoqda
Iyun 15, 2026. 21:00 • 2 daq
• 87
JAKARTA, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. “Kalimantan Post” gazetasi bosh muharriri Ika Triyatna Shanti “Dunyo” AAga shu yil 16–19-iyun kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:
– Toshkent xalqaro investitsiya forumi shunchaki tantanali tadbir emas. Bu qaror qabul qiluvchi yuqori martabali siyosatchilar va biznes vakillarini birlashtiradigan yirik va nufuzli mintaqaviy maydondir. Shu bois, ushbu forum bir vaqtning o‘zida B2B (biznes biznes uchun) hamda B2G (biznes davlat uchun) formatlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Xorijiy investitsiyalar oqimi nafaqat iqtisodiy manfaat, balki tartibga solishdagi muayyanlik darajasi, davlatning ishbilarmonlik muhitini qo‘llab-quvvatlashga yondashuvi bilan ham belgilanadi. Ushbu forum orqali O‘zbekiston Markaziy Osiyoning asosiy sarmoyaviy markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlab, “Janub–Janub” (South–South Cooperation) konsepsiyasi doirasida hamkorlikka ochiqligini namoyish etmoqda.
Ayni paytda Indoneziyaning sarmoyaviy faolligi asosan ASЕAN mamlakatlari va Xitoyda jamlangan. Biroq “yashil” energetika, raqamli texnologiyalar, agrobiznes va turizm kabi sohalardagi istiqbolli tendensiyalarni inobatga oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonni global investitsiya muhitida yangi istiqbolli maydon va yangi sarmoyaviy imkoniyatlar manbai sifatida ko‘rish mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi